Dunyo böylab risk aktivlar narxining pasayişi fonida Bitkoyn kursi 27 yanvar kuni 100 ming dollardan pastga tuşdi, deb xabar berdi Interfax.
Coindesk ma’lumotlariga köra, Toşkent vaqti bilan soat 16:34 da Bitkoyn narxi 5,5 foizga tuşib, 99 117 dollarni taşkil qildi.
AQŞ Nasdaq fond indeksidagi fyuçerslar deyarli 5 foizga, S&P 500 indeksi esa mikroçip işlab çiqaruvçilarning aksiyalari ortidan 2,6 foizga pasaygan.
Uşbu pasayiş Xitoy DeepSeek startapining sun’iy intellekt böyiça ilovasi maşhurligi ortib borayotgani bilan boğliq. Yangi modelga asoslangan DeepSeek assistenti 25 yanvar holatiga köra 1,6 million marta yuklab olingan va App Figures ma’lumotlariga köra, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Singapur, AQŞ va Buyuk Britaniyadagi iPhone ilovalari dökonlarida birinçi örinni egallagan.
DeepSeek modellarini öqitiş va işlab çiqiş narxi batafsil oşkor etilmagan, ammo u raqobatçilarnikidan sezilarli darajada pastroq körinadi. Tahlilçilarning taxminiga köra, sönggi versiya unçalik samarali bölmasa-da, lekin sermahsulligi pastroq bölgan çiplarda işlay oladi, bu esa köplab yirik çip işlab çiqaruvçilarning yuqori narxlariga şubha tuğdiradi.
«Xitoyning yangi sun’iy intellekt modeli AQŞ fond bozoriga tahdid soladi, çunki u iqtisodiy samaradorlik va oçiq kodli ilğor texnologiyalar orqali AQŞ sun’iy intellekti gegemoniyasiga barham beriş xavfini tuğdiradi. Endi Tramp bunga qanday javob qaytarişini kutiş kerak», dedi QCP Asia tahlilçilari.

















