Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik migrant balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi
42 yoshli o‘zbekistonlik metall konstruksiyalarni o‘rnatish vaqtida 30 metr balandlikdan qulab tushgan.
Rossiyaning Leningrad viloyati, Kingisepp tumanida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi. Uning o‘limi sabablari o‘rganilmoqda, deb xabar berdi 78.ru.
Qayd qilinishicha, 26 yanvar kuni kechqurun Ust-Luga posyolkasining Krakole kvartalidagi gazni qayta ishlash zavodida 42 yoshli o‘zbekistonlik metall konstruksiyalarni o‘rnatish vaqtida 30 metr balandlikdan qulab tushgan. Jabrlanuvchi Kingisepp shifoxonasi tez yordam bo‘limiga olib ketilayotganda vafot etgan. Uning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.
Ta’kidlanishicha, hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026