Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundestag Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir qarorga kelolmadi
Bundestag a’zolari o‘rtasida Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish bo‘yicha bahslar shu qadar uzoq davom etdiki, ovoz berish vaqtincha to‘xtatildi.
Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi bo‘yicha partiyalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar 30 yanvar, payshanbaga o‘tar kechasi Germaniya Bundestagi sessiyasining muddatidan oldin tugatilishiga olib keldi.
Erkin demokratik partiya (ErDP)ning budjetdan tashqari xarajatlar uchun 3 milliard yevrogacha mablag‘ ajratish taklifi atrofidagi munozaralar taxminan soat 00:30 da parlament o‘z kvorumini yo‘qotishi bilan yakunlandi: ErDP taklifi bo‘yicha ovoz berishda atigi 320 nafar parlament a’zosi ishtirok etdi. Kvorumga erishish uchun parlamentning 733 a’zosining yarmidan ko‘pi hozir bo‘lishi kerak.
Oxir-oqibat, "90-alyans"/"Yashillar" partiyasidan Bundestag raisi o‘rinbosari Katrin Gyoring-Ekkardt karbonat angidrid tashlamalari narxi bo‘yicha rejalashtirilgan muhokama kun tartibida qolgan bo‘lsa-da, yalpi majlisni erta yopishga qaror qildi.
Berbok Rubio bilan birinchi muloqotda Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Marko Rubio bilan telefon orqali suhbatlashdi — bu u AQSh davlat kotibi lavozimiga kelganidan beri birinchi muloqot bo‘ldi. Bu haqda 28 yanvar kuni Germaniya tashqi ishlar vazirligiga tayanib, dpa axborot agentligi xabar berdi.
«Biz AQShning yangi hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqchimiz», dedi Germaniya diplomatiyasi rahbari. «Yevropa o‘z xavfsizligi uchun ko‘proq mas’uliyatni zimmasiga olmoqchi», deya qo‘shimcha qildi u.
Suhbat taxminan yarim soat davom etdi. Qo‘ng‘iroq Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan Bryusseldan amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026