Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitiladi
“Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va ularni sohaga jalb qilishning asosiy parametrlari hamda uni bosqichma-bosqich ta’minlash tizimini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Asosiy parametrlarga muvofiq qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning bandligi prezidenti farmoniga muvofiq ustuvor ravishda pillachilik klasterlari, ipak qurti urug‘chiligi korxonalari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga mavsumiy hamda doimiy ishlarga qabul qilish orqali ta’minlanadi.
Bir oy muddatda Xitoy, Vetnam, Hindiston va Yaponiya davlatlaridan ipakchilik sohasidagi mutaxassislarni xotin-qizlarning pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslariga jalb qilish choralari ko‘riladi.
Pillachilik sohasida band bo‘lgan fuqarolarning ma’lumotlari yangiish.mehnat.uz platformasiga kiritib borilishi ta’minlanadi.
Asosiy parametrlarga muvofiq pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilinganligi hisobi yuritiladi.
Mavzuga oid
09:45 / 12.05.2026
“Ipak qurti boqishning gashti bor” – farg‘onalik pillachi
11:47 / 11.03.2026
Pillachilik klasterlari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi
10:00 / 08.03.2026
Talaba ayollarga imkoniyat, korrupsion litsenziya va kambag‘allik chegarasi - hafta dayjesti
12:16 / 07.03.2026