Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga köra, reytingda "Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Tabiiy fanlar, matematika va statistika yönalişida 301–400, Muhandislik yönalişida 501–600 örinlar oraliğida qayd etildi.
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti esa Tabiiy fanlar, matematika va statistika yönalişida 601–800 örinlar oraliğida öz örnini topdi. Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Ta’lim yönalişida 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlaş texnologiyalari yönalişida 1001+ örinni egalladi.
Dunyodagi eng nufuzli tabiiy fanlar universitetlari röyxatida Kaliforniya universiteti, Garvard, Stenford va Massaçusets texnologiya instituti (MIT) yetakçilik qilmoqda. Eng yaxşi IT universitetlar reytingida Oksford, Kembrij va MIT e’tirof etilgan.
Times Higher Education reytingi 11 toifani qamrab oladi. Taşkilot ekspertlari universitetlarni öqitiş sifati, talabalar va bitiruvçilarning istiqbollari va boşqa parametrlar asosida baholaydi.












