Yangi Zelandiya parlamenti Taranaki toğini rasman yuridik şaxs sifatida tan oldi. The Guardian xabar berişiça, bu -mamlakatda insonlar bilan bir xil huquqlarga ega bölgan uçinçi tabiiy obekt hisoblanadi.

Taranaki Yangi Zelandiyaning Şimoliy orolidagi ikkinçi eng baland toğ. U mamlakatdagi eng köp taşrif buyuriladigan çöqqi hisoblanib, xorijlik sayyohlar orasida ança maşhur.

Toğga şaxs maqomini beriş Taranakini öz ajdodi deb biladigan maori qabilalari uçun nihoyatda muhim. Parlament 2017 yilda bu obektga qonuniy huquqlar berişni va’da qilgandi. 2025 yil 30 yanvarda uşbu qonun bir ovozdan qabul qilindi.

Hujjatda, şuningdek, maori xalqiga mustamlakaçilik davrida yetkazilgan zararni qoplaş töğrisidagi qoida ham mavjud, unda Taranaki toği qabilalardan “öğirlangani” tan olingan. Qonunda toğ va unga yaqin hududlarga taşrif buyuruvçilar tabiatga hurmat bilan munosabatda bölişi kerakligi belgilangan.

Hujjat yerni mahalliy xalqlar mulkiga qaytarmasa-da, toğga şaxs maqomining berilişi maorilar uçun muhim voqeaga aylandi. Qonun loyihasining sönggi öqilişini kuzatiş uçun Vellingtonda yuzlab qabila a’zolari yiğildi.