Kun.uz Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari bilan tungi reydga çiqdi. Şaharning önga yaqin manzillarida bölgan guruh ayançli yöl-transport hodisasi, qöpol qoidabuzarliklar hamda haydovçilarning psixotrop moddalar bilan uşlanişi kabi tafsilotlarni kadrlarga muhrladi.

Kun.uz Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari ötkazgan tungi reydlardan birida iştirok etdi. Bu tunda poytaxtning önga yaqin nuqtalarida bölgan tasvirga oliş guruhi turli voqea-hodisalarga guvoh bölib, ularning ayrimlarini kameraga muhrladi.

Yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan töxtatilgan avtomobil haydovçisi tekşirilganda şimining tizzasidagi yirtiq joyida tarkibida psixotrop modda borligi taxmin qilingan dori vositasini olib yurgani aniqlangan.

"Avval ham bir marta qölga tuşgandim, bir yilça oldin, boşqa takrorlanmaydi deb söz bergandim, bilmay yana şu işga qöl urib qöydim, endi onam ham, akam ham mendan voz keçvorişadi", deb puşaymon bölgan qilmişidan haydovçi.

Reyd tadbirlari davomida yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzib harakatlangan haydovçilar aniqlanib, ularga tegişli bayonnomalar rasmiylaştirildi.

Şuningdek, uşbu tunda Yunusobod tumanining Ahmad Doniş köçasida “Jyentra” va “Spark” avtomobillari töqnaşib, yöl-transport hodisasi yuz bergan. Haydovçilar va avtomobilda bölgan yölovçilar jiddiy jarohatlar olişgan.