
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
1 fevral tongida Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qança hududlari böylab havo zarbalari yölladi. Raketalar va dronlar Poltava, Xarkiv va Zaporijjyadagi turar joylarga zarar yetkazgan. Zaporijjya, Odessa, Sumi, Xmelnitskaya va Kiyev oblastlari ham zarbalar ostida qolgan.
Poltavada Rossiya raketasi beş qavatli uyga kelib urilişi oqibatida halok bölganlar soni 14 kişiga yetdi, ular orasida ikki bola ham bor, deb xabar bergan Ukraina favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati.
Yana 17 kişi jarohatlangan, ulardan tört nafari bolalar, deyiladi FVDX xabarida. 22 kişi xarobalar orasidan çiqarib olingan.
Qurbonlardan biri — aktrisa Anastasiya Kolvax. Bu ma’lumotni u işlagan «Zamonaviy muloqot teatri» tasdiqlagan
Tarqalgan foto va videolarda zarba beş qavatli uyning pod’yezdini töliq yakson etganini köriş mumkin. Xarobalar ostida odamlar qolayotgan bölişi mumkin.
Vayronalarni tozalaş va qutqaruv işlari davom ettirilmoqda. Voqea joyida 460 dan ortiq qutqaruvçi, kuçişlatar tuzilmalar va kommunal xizmatlar xodimlari işlamoqda.
«Qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Voqea joyida barça zarur xizmatlar iş olib bormoqda, qutqarişmoqda va zarur yordamlar körsatilmoqda», — deya Poltavadagi voqealarga munosabat bildirgan prezident Volodimir Zelenskiy.
Zelenskiy bu zarbalarni «navbatdagi terrorçilik jinoyati» deb atagan va yana bir bor ğarblik hamkorlarni mamlakatni qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga, jumladan, qöşimça havo hujumidan mudofaa vositalari yetkazib berişga çaqirgan.
Poltava böylab zarbalar şanbaga ötar keçasi boşlanib, tongga qadar davom etgan, butun Ukraina böylab dronlar va raketalar orqali yopirilma hujum uyuştirilganida röy bergan.
Rossiya qöşini bu vaqt davomida Poltava oblastiga bir neça bor hujum uyuştirgan.
Poltava oblasti harbiy ma’muriyati Mirgorod rayonidagi energetika infratuzilmalari şikastlangani, natijada 160 dan ortiq xonadon elektr ta’minotidan uzilganini ma’lum qilgan.





















