Rossiya taşqi işlar vazirligi «Ozarboyjon havo yöllari» samolyotining Aktaudagi halokati böyiça 12 million dollardan ortiq suğurta tölovlari amalga oşirilganini bildirdi. Ozarboyjon esa Moskvaning da’volarini çalğituvçi deb atadi: «Suğurta kompaniyasi AZAL va uning yölovçilariga amalga oşirgan tölovlar bilan, samolyotni urib tuşirgani uçun Rossiya hukumatidan talab qilinayotgan kompensatsiyasi mutlaqo turliça masalalar hisoblanadi».

4 sentabr kuni Rossiya taşqi işlar vazirligi «Ozarboyjon havo yöllari»ning yölovçi samolyotining halokati bilan boğliq suğurta tölovlari amalga oşirilmagani böyiça tarqatilayotgan ma’lumotlarni fojiadan foydalanişga uriniş va «yolğon» deb atadi.

Rossiya TIVga köra, suğurta kompaniyasi 2025 yil fevraldan boşlab samolyot halokati bilan boğliq suğurta tölovlarini amalga oşirmoqda.

«Rossiyaning «AlfaStraxovaniye» AJ suğurta kompaniyasi 2025 yil fevral oyidan boşlab «Ozarboyjon havo yöllari» (Boku—Grozniy reysi) samolyoti halokati bilan boğliq suğurta tölovlarini amalga oşirmoqda. Ozarboyjon aviakompaniyasiga samolyot uçun töliq suğurta qiymati — 1,003 milliard rubl (12,3 million dollardan ortiq) miqdorida tovon puli tölab berilgan.

Yölovçilarning jarohatlanişi va 62 kişidan 46 nafarining halok bölişi bilan boğliq da’volar töliq tartibga solingan. Jumladan, 15 nafar Rossiya fuqarosidan 7 nafari, 38 nafar Ozarboyjon fuqarosidan 35 nafari, barça 3 nafar Qirğiziston fuqarosi va 6 nafar Qozoğiston fuqarosidan 1 nafari böyiça tölovlar töliq amalga oşirilgan. Bugungi kunga kelib, samolyot yölovçilari va halok bölganlarning yaqinlariga jami 358,4 million rubl (taqriban 4,5 million dollar) miqdorida suğurta tölovlari amalga oşirildi», deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Şuningdek, bayonotda «zarar körganlar va halok bölganlarning qarindoşlari bilan kompensatsiya summalarini kelişiş işlari» töliq tartibga soliş maqsadida davom ettirilayotgani aytilgan.

Şuningdek, rasmiy Moskva qator OAV va blogerlarni «jamoatçilikni bu nozik masalada çalğitişga uriniş»da ayblagan.

Ozarboyjon rasmiylari Moskvaning da’volarini çalğituvçi deb atadi.