Suriyaning muvaqqat prezidenti ilk xorijiy safar bilan Saudiya Arabistoniga bordi. Damaşq mintaqadagi ittifoqçisini Erondan Saudiyaga özgartirayotganidek körinmoqda. Qirollikni amalda boşqarayotgan valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon aş-Şarani tabriklagan, Suriya xalqi orzularini röyobga çiqarişini tilagan.

Suriyaning muvaqqat prezidenti yakşanba, 2 fevral kuni özining birinçi xorijiy safarini amalga oşirdi. Ahmad aş-Şara Saudiya Arabistoniga safar qildi. Tahlilçilar fikriça, bu bilan Suriya Yaqin Şarqda asosiy ittifoqçisini özgartirayotgan körinadi, ya’ni Erondan Saudiya Arabistoniga. Bu Damaşqning Tehrondan uzoqlaşişidir, deb yozadi Associated Press axborot agentligi. Bir paytlar “Al-Qoida” terroristik guruhi bilan aloqalarga ega Ahmad öz muvaqqat hukumati taşqi işlar vaziri Asad al-Şayboniy bilan Saudiyaga bordi. Aeroportda Saudiya bayroği yonida Suriyaning yangi uç yulduzli bayroği ham hilpirab turibdi, deya yozadi agentlik öz xabarida.

Ahmad aş-Şara davlatni amalda boşqarayotgan valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon bilan Ar-Riyoddagi “Al-Yamama” saroyida körişdi. Saudiya matbuoti safar haqida yozarkan, Şaraning taşrifi qardoş Suriyaning xavfsizligi va barqarorligini qöllab-quvvatlaş yölidagi qadam ekanini ta’kidlamoqda. Bundan taşqari, Saudiya Arabistoni matbuot agentligi xabarida kelişiça, şahzoda aş-Şarani prezidentlik lavozimini egallagani bilan tabriklagan. Suriya xalqining orzu-umidlarini röyobga çiqarişini tilagan. Şara esa qirollik oilasiga uni qöllagani uçun minnatdorlik bildirgan.

“Bugun biz keng kölamli uçraşuv ötkazdik, Suriya kelajagini qurişda qöllab-quvvatlaş istagini, şuningdek, Suriya xalqi irodasini, uning hududiy birligi va yaxlitligini qöllaş haqida söz bordi”, degan muvaqqat prezident. Aş-Şara muhokamalarda suriyaliklarning iqtisodiy ahvolini yaxşilaş haqida ham gaplaşganini aytadi.

Saudiya 2011 yilda Suriyadagi Arab bahori namoyişlarini kuç bilan bostirgan Başar Asadni taxtdan oliş işlariga uringan isyonçi guruhlarga pul tikkan davlatlar qatorida edi. Biroq Eron va Rossiya yordamini mahkam uşlagan Asad uruşni boşi berk köçaga olib kirdi. Aş-Şaraning xalqaro kuçlar kömagida hokimiyatni egallaşi 14 yillik siyosiy atmosferani özgartirmoqda.

Yanvar oyida Saudiya taşqi işlar vaziri şahzoda Faysal bin Farhon Damaşqqa borib, Ar-Riyod Suriyaga qarşi sanksiyalarni olib taşlaş uçun faol muloqotga kirişganini ma’lum qilgandi. Aş-Şara esa Suriyaga qöyilgan sanksiyalarni oldirmoqçi, davlatlardan birin-ketin şuni söramoqda. Bu safaridan avval u Qatar amiri Şayx Tamim bin Hamad ol Soniyni qabul qilgandi. Qatar amiri Suriyaga kelgan birinçi davlat rahbari böldi, albatta, hozirgi muvaqqat hukumat davrida. Ayni paytda Suriya Islomiy davlat guruhlari va boşqa jangarilardan haliyam aziyat çekmoqda. Masalan, Suriyaning Aleppo viloyatidagi Manbij şahrida bomba örnatilgan avtomobil portlab, tinç aholi vakillari qurbon bölgan, yaralanganlar ham 10 ga yaqin.