2024 yil Octobank uchun muhim yil bo‘ldi: bank o‘z mavqeini mustahkamladi, bozorda e’tirofga sazovor bo‘ldi va strategik sheriklikni kengaytirdi. 2025 yilda bankning asosiy e’tibori texnologiyalarni rivojlantirish, hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tajribasini yaxshilashga qaratiladi.

Asosiy yutuqlar:

•         2024 yilda Octobank mijozlari soni 3,6 millionga yetdi.

•         Yangi texnologik va qulay sayt ishga tushirildi.

•         Global rebrending o‘tkazildi: logotip va firma uslubi yangilandi, barcha tashuvchilarning dizayni yaxshilandi va mijozlarga yaqin bo‘lish maqsadida yangi kommunikatsiya standartlari joriy etildi.

•         LSEG Data & Analytics (moliya bozorlari uchun analitika taqdim etuvchi kompaniya), Bloomberg platformasi, shuningdek, Xitoyning Tencent texnogen giganti — Tenpay sho‘ba korxonasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik o‘rnatildi.

•         Kapital 755 mlrd so‘mga oshirildi.

Barqaror moliyaviy o‘sish: 2022 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davrda aktivlar 3 barobardan ortiq, sof foyda esa 17,5 barobarga o‘sgan

2024 yilda bankning sof foydasi 150 mlrd so‘mni, aktivlari esa 3,16 trln so‘mni tashkil etgan. Bunday natijalar Octobank’ning moliyaviy barqarorligi va resurslarni boshqarish samaradorligini tasdiqlaydi.

Visa versiyasi bo‘yicha 2024 yilning eng yaxshi bank-ekvayyeri bo‘ldi

Octobank Visa tomonidan “Elektron tijorat bo‘yicha 2024 yilning eng yaxshi ekvayyer banki” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Bank biznes uchun qulay yechimlarni taqdim etadi:

•         Pulni qaytarishlar va to‘xtatib turish. Agar tovar xaridorga to‘g‘ri kelmasa, unga pulni to‘liq yoki qisman qaytarish mumkin, shuningdek, agar mijoz tovar uchun pulni qaytarishni xohlasa, komissiyalarni tejashga yordam beradi.

•         Obuna bo‘yicha to‘lovlar. Obuna modeliga ega bo‘lgan biznes uchun mos keladi — muntazam hisobdan yechishni sozlash mumkin: mijoz ishtirokida bitta to‘lov, keyingilari esa — avtomatik ravishda.