Andijonda 13 yoşli qöşni qizga şilqimlik qilgani uçun ma’muriy javobgarlikka tortilgan erkak işini prokuratura örganmoqda. Bu haqda Kun.uz'ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Asaka tumanida istiqomat qiluvçi B.N. IIBga murojaat qilib, voyaga yetmagan farzandi S.M.ga qöşnisi A.B va uning xotini Yu.T. şahvoniy şilqimlik qilgani va jinsiy aloqada böliş taklifini bergani sabab, ularga çora körişni söragan.
Asaka tuman IIB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari natijasiga köra, 2024 yil 19 dekabr kuni jinoyat işi qözğatişni rad etib, ma’muriy javobgarlikka tortiş töğrisida qaror qabul qilingan.
Er-xotinga nisbatan MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi (şahvoniy şilqimlik qiliş) bilan ma’muriy iş oçilib, hujjatlar jinoyat işlari böyiça Asaka tumani sudiga yuborilgan.
Sudning dekabr oyidagi qarori bilan, şilqim erkakka 5 sutka ma’muriy qamoq, xotiniga esa 2 BHM (750 ming söm) jarima jazosi tayinlangan.
Şilqim erkak sud qaroridan norozi bölib, viloyat sudiga appelyatsiya bergan, viloyat sudi dastlabki qarorni öz kuçida qoldirgan.
Hozirda Andijon viloyat prokuraturasi mazkur sud hujjatlarini örganmokda.
Avvalroq Kun.uz voqea haqida sud qaroriga tayanib xabar bergandi. Qarordan ma’lum bölişiça, voqea Asaka tumanining Yuksaliş mahallasida röy bergan. 38 yoşli B.A. öz uyida voyaga yetmagan qizdan jinsiy ehtiyojini qondirib qöyişini sörab, buning uçun 100 ming söm taklif qilgan.
B.A.ning xotini 33 yoşli T.Yu. esa 13 yaşar qizdan erining jinsiy extiyojini qondirib qöyişini sörab, buning uçun unga 50 ming söm berişini aytgan. Qiz ularning bu harakatidan qörqib, uydan qoçib çiqib ketgan.
Sud hujjatida er-xotin öz ayblarini tan olgani aytiladi.
“2024 yil 9 noyabr kuni turmuş örtoğim mendan jinsiy extiyojini qondirib qöyişi uçun qöşnimni olib çiqişni söradi. Ammo men voyaga yetmagan qöşni qizni uyga olib kirib, agar turmuş örtoğimning jinsiy extiyojini qondirib qöysa, 50 ming söm berişimni aytdim. Qilmişimdan puşaymonman”, – degan ayol sudda.

















