Shols Trampni Ukrainadan xomashyo talab qilgani uchun xudbinlikda aybladi
Olaf Shols Donald Trampning Ukrainadan AQShga yordam evaziga nodir metallarni yetkazib berish haqidagi talabini xudbinlik deb atadi. Germaniya kansleriga ko‘ra, Kiyevning o‘zi kelajakda tiklanish uchun resurslarga muhtoj bo‘ladi.

Foto: Markus Schreiber / AP
Germaniya kansleri Olaf Shols Donald Trampning Ukrainaga moliyaviy yordam evaziga AQShga nodir metallarni yetkazib berishi kerakligi haqidagi talabini tanqid qildi. Nemis siyosatchisi bu haqda 3 fevral, dushanba kuni kechqurun Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqining norasmiy mudofaa sammitidan so‘ng gapirdi.
Shols: Ukraina resurslari mamlakatning o‘ziga kerak
«Urushdan keyin kerak bo‘ladigan hamma narsani moliyalashtirish uchun ushbu mamlakat resurslaridan foydalanish kerak bo‘ladi», — deya Shols so‘zlarini keltiradi Reuters. Unga ko‘ra, hozir pulni mudofaani qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatish «juda xudbinlik» bo‘ladi.
Shols kelajakda Ukrainaga kuchli armiya, shuningdek, mamlakatni qayta tiklash uchun mablag‘ kerak bo‘lishini ta’kidladi. «Ukrainada ro‘y berayotgan ulkan vayronagarchilikni hisobga olsak, bular katta vazifalardir. Shuning uchun ham Ukraina resurslaridan kelajak uchun foydalanilsa yaxshi bo‘lardi, deb o‘ylayman», — deya qo‘shimcha qildi Germaniya kansleri.
Tramp: Yordam evaziga nodir metallar
Avvalroq Donald Tramp Ukraina Qo‘shma Shtatlarga nodir metallar yetkazib berishga va’da bersa, unga yordam davom etishini aytgan edi. «Biz Ukraina bilan shartnoma tuzmoqchimiz, u yerda ular biz beradigan narsalarni o‘zlarining nodir metallari va boshqa buyumlari bilan ta’minlaydilar», dedi u.
Tramp Kiyev Vashingtonga resurslar yetkazib berishini xohlaydimi, degan savolga AQSh prezidenti ijobiy javob berib, nodir metallarni yetkazib berish bo‘yicha «kafolatga ega bo‘lishni» istayotganini ta’kidladi va Ukraina bunga allaqachon tayyor ekanini ko‘rsatdi. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Kiyevdan ko‘rsatilgan yordam uchun Vashingtonga «deyarli 300 milliard dollar» tovon to‘lashini istaydi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:41
Amerikalik ayol 180 ta kimyoterapiyani boshdan o‘tkazdi

11:37
“Xavf tug‘diryapti” - Tramp Oq uydagi salkam 200 yillik magnoliya daraxti kesib tashlanishini aytdi

10:16
Tramp: Rossiyada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish uchun dedlayn bor

09:38