Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
112 kg narkotik va 330 ming dollar – O‘zbekiston bo‘ylab «Qoradori» tadbirlari o‘tkazilmoqda
Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar vazirligi tuzilmalari respublika miqyosida o‘tkazgan 2 kunlik «Qoradori» tadbirida 112 kgdan ortiq giyohvandlik vositalari, 8 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tarqatilishi oldi olindi. Shuningdek, qo‘zg‘atilgan ishlar doirasida 228 kishi jinoiy javobgarlikka, 64 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi. IIV ushbu tadbirlar davom ettirilishini ma’lum qildi.

Foto: IIV
DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan 3-4 fevral kunlari O‘zbekiston bo‘ylab «Qoradori» keng ko‘lamli tadbirlarining dastlabki bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu bosqichda giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar va jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida jami 653 ta maxsus tadbirlar o‘tkazilgan.
«O‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 112 kgdan ortiq giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8 ming 601 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi to‘xtatib qolindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 dollar va 569 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi», deyiladi IIV bayonotida.
Shuningdek, qo‘zg‘atilgan 222 ta jinoyat ishi doirasida 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 64 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. 47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 357 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirildi.
Bundan tashqari, keng ko‘lamli tadbirlar doirasida 175 ta «tig‘», 58 ta «bita», 24 ta «kastet» va 77 ta qurol huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olingan.
IIVning ma’lum qilishicha, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiriladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada uy internetiga talab keskin o‘sdi
Jahon | 07:42
-
Xitoy O‘zbekistonda 500 mln dollarlik investitsiya fondi tashkil etishni taklif qildi
O‘zbekiston | 07:41
-
Ukrainalik qochqinlarga urush tugaguniga qadar AQShda qolishga ruxsat beriladi
Jahon | 07:36
-
Kreml AQSh bilan yashirin muzokara olib bordi va Ukraina bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi
Jahon | 23:50 / 31.07.2025
Mavzuga oid

12:32 / 09.02.2025
«Oriyat» va «Qoradori» keng ko‘lamli tadbirlarida 94 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

14:21 / 21.06.2024
Internetda giyohvandlik vositalarini reklama va namoyish qilganlik uchun javobgarlik belgilanadi

18:41 / 14.04.2024
Urgutda mashinasidan qoradori topilgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

15:52 / 22.08.2023