Advokat so‘rovini javobsiz qoldirgan IIV tergovchisi ma’muriy jazoga tortildi
IIV huzuridagi Tergov departamenti o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Ulug‘bek Hamdamov sud qarori bilan ma’muriy jazoga tortildi. U jinoyat ishi doirasida dastlabki tergov harakatlari davomida gumonlanuvchining advokatini ishda ishtirok etishidan chetlashtirish to‘g‘risida asossiz qaror qabul qilgan. Sud uni advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish huquqbuzarligini sodir qilgan deb topdi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti tergovchisi Ulug‘bek Hamdamovga huquqbuzarlik sodir qilgani uchun jarima jazosi qo‘llandi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.
Sud hujjatida keltirilishicha, advokat A.Akromxo‘jayev qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi O‘tkir Fayziyevning huquq va manfaatlarini himoya qilayotgan bo‘lgan. Ushbu shaxsga nisbatan 2024 yil 22 avgust kuni qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
2025 yil 16 yanvarga kelib Tergov departamenti tergovchisi Ulug‘bek Hamdamov noma’lum sabablarga ko‘ra advokat A.Akromxo‘jayevni ishda ishtirok etishidan chetlashtirish to‘g‘risida asossiz qaror qabul qilgan.
Advokat mazkur qarordan nusxa olishni so‘rab tergovchi Ulug‘bek Hamdamovga advokatlik so‘rovi yuborgan. Ammo so‘rovnomasiga javob ololmagan. Shu sababli, A.Akromxo‘jayev sudga murojaat qilib, Ulug‘bek Hamdamovni ma’muriy javobgarlikka tortishni so‘ragan.
Tegishli tartibda chaqirtirilishiga qaramay Ulug‘bek Hamdamov sud majlisiga kelmagan. Shuning uchun sud ishni uning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 2025 yil 31 yanvardagi qarori bilan Ulug‘bek Hamdamov MJtKning 197-1-moddasida (advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybli deb topilgan. Unga BHMning 2 baravari miqdorida, ya’ni 750 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV

18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi

14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi

10:06 / 21.04.2025