Nukusdagi boğçalarning birida tarbiyaçi va uning yordamçisi bolalarga nisbatan qöpol munosabatda bölgani yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari boşlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda boğça tarbiyaçisi maşğulot davomida bolalardan birini tepgani, yiğlagan vaqtida sudragani tasvirlangan video tarqaldi. Yana bir holatda esa yiğlagan bola tarbiyaçi tomonidan şippak bilan kaltaklangan.

Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasining ma’lum qilişiça, videolavhada aks etgan holat 2024 yil noyabr oyida Nukus şahrida joylaşgan xususiy maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyaçisi R.Ş. va yordamçi tarbiyaçi D.S tomonidan sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Natijasiga köra qonuniy qaror qabul qilinişi Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Sergelidagi boğçada tarbiyaçining qöpol munosabati oqibatida bolaning oyoği singandi. Bolaning ota-onasiga boğça ma’muriyati tomonidan öğli özi yiqilib oyoği singani va Sergeli tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelingani töğrisida xabar berilgan. Ammo kuzatuv kameralaridagi yozuvlar körilganida holat boşqaça bölgani aniqlangan.