Metan-shoxobchalarda barqaror ta’minot bo‘lmagan, sifatli benzin Amerikadagidan ham qimmat bo‘lgan O‘zbekistonda elektromobillar aholining muayyan qatlami uchun yagona alternativ bo‘lib qolayotgandi. Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imining aqlga sig‘maydigan darajada oshirilishi bu umidlarni puchga chiqardi.

O‘zbekistonda ekologik transport vositalariga o‘sib borayotgan talab notarif to‘siqlar bilan bo‘g‘ilyapti.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, 2025 yil 1 maydan boshlab import qilinadigan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi keskin oshirildi. Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun yig‘im BHMning 30 barobaridan 120 barobariga yoki 45 million so‘mgacha oshirildi. Agar elektromobil ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan bo‘lsa, yig‘im BHMning 210 barobari yoki 78,75 million so‘mni tashkil qiladi (hozir bu miqdor 90 BHMga teng).

Yo‘q utilizatsiyaga yig‘ilgan 1,8 trillion qani?

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga benzinda harakatlanadigan 26 643 dona yengil avtomobil, 11 424 dona gibrid avtomobil, 16 205 dona elektromobil import qilingan.

Agar bu davrda mamlakatda olib kirilgan benzinli mashinalarning hammasini shartli ravishda yangi bo‘lgan deb hisoblasak ham, utilizatsiya uchun eng kamida 1 trln 87 mlrd so‘m, elektromobillardan eng kamida 165 mlrd so‘m, gibrid mashinalardan esa 117 mlrd so‘m undirilgan.

2024 yilning 1 oktyabridan BHM miqdori 340 ming so‘mdan 375 ming so‘mga oshirildi. Shundan kelib chiqilsa, o‘tgan yilning 4-choragida import qilingan 6 269 dona benzinda yuradigan yengil avtomobildan eng kamida 282 mlrd so‘m, 7 886 dona elektromobildan 89 mlrd so‘m, 6056 dona gibrid avtomobildan 68 mlrd so‘m yig‘ilgan bo‘lishi mumkin.

Umumiy hisobda esa 2024 yilda birgina utilizatsiyaning o‘zi uchun import yengil avtomobillardan kamida 1,8 trln so‘m