Suriya prezidenti Ahmad aş-Şar’a ilk xorijiy taşrifini asosiy homiysi ekani aytiladigan Turkiyaga emas, Saudiya Arabistoniga amalga oşirdi. Şu bilan birga, Ar-Riyoddan töğri Anqaraga uçdi. Bu taşriflar Damaşqdagi yangi hokimiyatning taşqi siyosati haqida qanday mujdalar beradi? Taşriflarda nimalar muhokama qilindi? “Geosiyosat”da – tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Şavkat Ikromov şarhi.

Saudiya Arabistoni AQŞni Suriyaga qöyilgan sanksiyalarni yeçişga köndiradimi?

Şavkat Ikromov:

— Ötgan yili 8 dekabr kuni Suriyada Ahmad aş-Şar’a boşçiligidagi hukumat örnatilgan bölsa, dastlabki haftalarda yetakçi davlatlarning vakillari bu hukumat bilan uçraşişga va aloqalarni keyingi bosqiçi qanday bölişini belgilab olişga harakat qildi. Şuning bilan birga, Suriyaning özida ham yangi tartibotga moslaşiş va Asad rejimidan farqli, qanday taşqi va içki siyosatni şakllantiriş jarayoni keçdi. Şu nuqtada asosiy e’tibor endilikda Eron yoki Rossiyaga emas, balki körfaz arab davlatlariga, Turkiyaga va umuman Ğarbga, Qöşma Ştatlarga va hattoki Isroilga qaratilişining namoyişi sifatida, Turkiya taşqi işlar vaziri, Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri, Qatar hukumati rahbari yangi hukumat qabul qilgan ilk xorijiy delegatsiyalar böldi.

Umuman olganda, Ahmad aş-Şar’a uçun Saudiya Arabistoni begona emas. U Saudiyada tuğilgan, bolalik yillari Saudiyada ötgan. Doimiy ravişda Saudiya bilan aloqalari bölgan. Uning dastlabki intervyusi Ğarb matbuoti yoki Al Jazeera'ga emas, balki Saudiya Arabistonining dunyoqaraşini ifodalaydigan Al Arabiya telekanaliga berilgani diqqatga sazovor. Bu intervyuda u asosiy e’tiborni Saudiya Arabistoniga qaratgan, mintaqada Turkiya bilan bir qatorda va teng maqomda bu mamlakatni özining asosiy hamkori sifatida körişga intilayotganini bildirgan edi.

Uning Saudiyaga taşrifi doirasida har ikki tomon örtasida qandaydir bir buriliş nuqtasini belgilab beradigan darajadagi yirik şartnoma yoki katta miqdordagi moliyaviy kelişuvlar imzolangani yöq. Ammo ekspertlar aytadiki, Saudiya Arabistoni taşqi işlar vazirining Suriyaga bölgan taşrifida bir va’da berilgan edi: xalqaro hamjamiyat tomonidan Suriyaga qöllangan sanksiyalar endilikda mantiqsiz va adolatsiz deb hisoblanişi kerak. Bu sanksiyalarni olib taşlaşda Saudiya Arabistoni vositaçi sifatida qatnaşadi va xalqaro hamjamiyatni bunga köndirişga harakat qiladi.

Kamoliddin Rabbimov:

— Nazarimda, Ahmad aş-Şar’a Saudiyaga borişdan oldin Turkiyani xabardor qilgan, ya’ni Turkiya bilan ma’lum bir kelişuv bölgan. Lekin Turkiyaga heç qanday örtada tanaffus qilmasdan boraman deb aytgan bölişi kerak, u Saudiyadan töğri Turkiyaga bordi, örtada heç qanday töxtaliş qilib ötirgani yöq.