2025 yil 1 iyuldan boşlab, uluş kiritiş asosidagi qurilişlarda quruvçi va xaridor örtasidagi oldi-berdining şakli va mazmuni özgaradi. 2026 yil 1 yanvardan esa eskrou tizimi töliq joriy etilib, uluşdorlarning huquqlari mustahkamlanadi. Kun.uz muxbiri bu özgarişlar böyiça savollar bilan Quriliş vazirligi boşqarma boşliği Davron Miliyevga murojaat qildi.

27 yanvar kuni Özbekiston prezidenti uluş kiritiş asosidagi qurilişlarni eskrou tizimiga ötkazişga doir farmon imzoladi.

Unga köra, 2025 yil 1 iyuldan boşlab, quruvçilar va mijozlar örtasida tuziladigan uluş kiritiş şartnomalari majburiy tartibda notariusda tasdiqlanişi va kadastr röyxatidan ötkazilişi kerak böladi.

Şu sanadan e’tiboran eskrou tizimini ham joriy etiş boşlanadi. Bunda, hali bitmagan uydan kvartira sotib olmoqçi bölganlar quruvçining öziga emas, bankka tölov qiladi. Quruvçilar va banklar özaro kelişuv asosida bankda eskrou hisobvarağini oçadi, uluşdorlar tölagan pullar şu hisobvaraqda yiğiladi. Uy bitmagunça quruvçi kompaniyalar bu pullardan foydalanolmaydi. Bu tartib 1 iyuldan 31 dekabrgaça ixtiyoriy böladi va agar kerakli qonunlar vaqtida qabul qilinsa, 2025 yil 1 yanvardan majburiy kuçga ega böladi.

Kun.uz yangi tizim bilan boğliq bir qator muhim savollarga Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi boşqarma boşliği Davron Miliyevdan javob oldi.

“Farmon bilan aytilyaptiki, "Şaffof quriliş" milliy axborot tizimida platforma taşkil etiladi va developerlarga uy-joyni şu platformaga röyxatga qöymasdan, aholi mablağlarini uluş kiritiş asosida jalb qilişga yöl qöyilmaydi”, – dedi u.

Miliyevning sözlariga köra, platformada kuruvçi kompaniya va obekt haqidagi barça ma’lumotlar: obektning loyiha böyiça joylaşgan aniq manzili, qavatlari, kiriş yölaklari, qolaversa, kompaniyaning barça loyihaviy hujjatlari, ijobiy ekspertiza xulosasi, kuriliş boşlanadigan sana va foydalanişga topşiriş muddati kabi ma’lumotlar jamlab boriladi.

Bu axborotlarni xaridorlarning özi ham platformadan kuzatib, kuruvçining ruxsatnomasi mavjudligi, uning reytingi va oldingi loyihalari haqida bilib borişlari mumkin böladi.

Platformada ma’lumotlari şakllangan quruvçi kompaniyalar bundan keyingi bosqiçda xaridorlar va bank bilan 3 tomonlama uluşli şartnoma qilişi kerak böladi.