Alyaskada bedarak yo‘qolgan samolyot parchalari topildi, bortdagilar halok bo‘lgan
Samolyot 7 fevral kuni radarlardan g‘oyib bo‘lgandi.

Foto: AFP
Alyaskada Bering Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, bortdagi 10 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
7 fevral kuni Cessna 208 Caravan samolyoti Unalaklit va Nom shaharlari o‘rtasida charter reysini bajarayotgan edi. Qo‘nishdan sal oldin, Alyaska ko‘rfazi ustida parvoz qilayotganda samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Ertasi kuni qutqaruvchilar uning parchalarini topdi.
Hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Samolyot bortidagi barcha odamlar — to‘qqiz nafar yo‘lovchi va bir uchuvchi halok bo‘lgan.
Alyaskada bundan avvalgi yirik aviahalokat 2013 yilda yuz bergandi, o‘shanda yuk layneri qulashi oqibatida o‘n kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni kechqurun Vashingtondagi Ronald Reygan aeroporti yaqinida American Airlines yo‘lovchi samolyoti va AQSh armiyasining Black Hawk vertolyoti havoda to‘qnashib ketgan, ikkalasi ham Potomak daryosiga qulagandi. Samolyotda 64 kishi, vertolyotda esa uch nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan. Fojia oqibatida hech kim tirik qolmagan.
31 yanvar kuni esa AQShda bemorni olib ketayotgan kichik tibbiy samolyot uylar ustiga qulab tushdi. Filadelfiya shahrida qulagan kichik tibbiy samolyot Meksikaga ketayotgandi. Uning bortida to‘rt nafar ekipaj a’zosi, bir bemor va uning onasi – jami 6 kishi bo‘lgan, ulardan hech biri omon qolmagan.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
Jahon | 21:42
-
Reuters: Trampni tanqid qilayotgan davlat xizmatchilarini kuzatishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda
Jahon | 21:36
-
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi
Jahon | 21:26
-
Pentagon AQShning NATO harbiy qo‘mitasidagi vakilini lavozimdan bo‘shatdi
Jahon | 21:02
Mavzuga oid

20:57
Xitoy AQSh vitse-prezidentini «johil va odobsiz» deb atadi

17:37
Tramp rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini e’lon qildi

17:07
AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi

16:50