Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bir million yashil oila» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi
2025 yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish choralari ko‘riladi.
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida quyidagilar amalga oshiriladi:
- «Ekofaol fuqaro» hayot tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan «Bir million yashil oila» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.
2025/2026 o‘quv yilidan:
- Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi kabi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilanadi;
- respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv ta’lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta’lim maktabi faoliyati tashkil etiladi;
- «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida 3,5 ming kambag‘al oila farzandlarini tayyorlab, oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi;
- 2025 yil 1 martgacha to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning inson salomatligiga foydasini targ‘ib qilishni kuchaytirish dasturi ishlab chiqiladi;
- 2025 yil 1 avgustgacha oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, boshqarish va monitoring qilish maqsadida idoralararo yaxlit Milliy axborot platformasi ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
20:35 / 08.09.2025
Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etish yana kechiktirildi
21:07 / 28.08.2025
Avtomobillar rangi shahardagi havo haroratini oshirishi mumkin – tadqiqot
20:07 / 23.08.2025
Jizzaxda ikki tup archani ildizi bilan sug‘urib olgan shaxsga qariyb 16 mln so‘m jarima solindi
09:52 / 21.08.2025