Ayrim qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda:

  • unitar korxona va qöşimça mas’uliyatli jamiyat şakllarini tugatiş;
  • yuridik şaxslarni qöşib yuboriş, qöşib oliş va taşkiliy-huquqiy şaklini özgartiriş orqali qayta taşkil etişda korxonalarning huquq va majburiyatlari topşiriş hujjatida aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar qayta taşkil etilayotgan yuridik şaxsga ötkazilişi;
  • korporativ şartnoma, konsorsium va konsorsium şartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilaş;
  • mas’uliyati çeklangan jamiyatlarning ta’sis şartnomasini davlat röyxatidan ötkaziş haqidagi talabni bekor qiliş;
  • xöjalik jamiyatlari kuzatuv kengaşlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boşqa qimmatli qoğozlarni çiqariş töğrisidagi qarorlarini huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oşkor etiş;
  • qimmatli qoğozlar bozorini tartibga soliş böyiça vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qoğozlar çiqarilişi davlat röyxatidan ötkazilganligi, şuningdek qimmatli qoğozlar bozorida professional faoliyatni amalga oşirişga doir litsenziya berilganligiga taalluqli axborotni e’lon qiliş.