Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil bosh vaziri Netanyahu garovdagilar qaytarilgach HAMAS yo‘q qilinishini aytdi
Shuningdek, bu fikrga AQSh prezidenti ham qo‘shilishini ma’lum qildi.
Foto: AP
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvni oxiriga yetkazish, garovdagilarning barchasi ozod qilingach HAMAS yo‘q qilinishiga va’da berdi.
«Bugun biz yana HAMAS yirtqichlarini ko‘rdik. Fuqarolarimizni o‘ldirgan, garovga olinganlarni haqorat qilgan o‘sha yirtqichlar. Men ularga yana aytaman: ular buning uchun javob beradilar. Biz garovga olinganlarning barchasini qaytarish uchun hamma narsani qilamiz. Biz ularning xavfsizligi haqida qayg‘uramiz. <...> Lekin bundan tashqari, biz garovga olinganlarning barchasini qaytarib olish uchun hamma narsani qilamiz, ammo HAMAS u yerda (G‘azoda) qolmaydi, bu borada prezident Tramp men bilan yakdil. HAMAS yo‘q qilinadi va garovdagilarni qaytaramiz. Shunday bo‘ladi», dedi Netanyahu.
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq bir necha bor falastinliklar G‘azo sektoridan qo‘shni arab mamlakatlariga ko‘chirilishi kerakligini aytgan edi. Shu bilan birga, sektor hududi AQSh nazoratiga o‘tishi kerak. Shundan so‘ng, «dunyoning eng yaxshi developerlari» bilan hamkorlik qilib, AQSh sektorni «yer yuzidagi eng katta va eng ta’sirli rivojlanish loyihalaridan biriga» aylantirishni rejalashtirmoqda. Netanyahu Trampning takliflarini iliq qabul qildi.
Mavzuga oid
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
18:29 / 16.04.2026
Eron AQSh va Isroilni mamlakat rahbariyatining o‘ldirilishi uchun javobgarlikka tortmoqchi
11:44 / 16.04.2026
Isroil va Livan 30 yildan so‘ng muzokara stoliga qaytadi
09:41 / 15.04.2026