Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin bilan bo‘lgan suhbat haqida ma’lum qildi
AQSh prezidentining aytishicha, Putin jang maydonida askarlarning o‘limiga «haqiqatan ham befarq emas».
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Amerika yetakchisi The New York Post gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Yaxshisi sukut saqlayman», dedi Tramp suhbatning davomiyligi haqidagi savolga.
AQSh prezidentining aytishicha, Putin jang maydonida askarlarning o‘limiga «haqiqatan ham befarq emas»: «U odamlar qurbon bo‘lishini to‘xtatishni xohlaydi». Tramp Rossiya-Ukraina mojarosiga barham berishning aniq rejasi o‘zida borligiga ishontirdi va uni tezda amalga oshirishga umid bildirdi. «Ukrainada dahshatli urush davom etyapti, bu la’nati fojiaga chek qo‘ymoqchiman», deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.
Shundan so‘ng, Tramp yonida o‘tirgan Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uolsga murojaat qilib: «Keling, bu uchrashuvlarni o‘tkazaylik. Ular uchrashmoqchi. Odamlar har kuni o‘lyapti, yosh, chiroyli askarlar halok bo‘lmoqda. Yosh yigitlar, xuddi o‘g‘illarimga o‘xshash», dedi.
Shuningdek, Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan har qanday ehtimoliy tinchlik kelishuvida xavfsizlik kafolatlari evaziga Ukrainadagi noyob tuproq minerallari va gazga ega bo‘lish uchun 500 million dollarlik kelishuv tuzish istagi haqida gapirdi.
Nashrning yozishicha, AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Devid Vens 14-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Zelenskiy bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
21:50 / 23.12.2025
To‘qayev Qozog‘istonni tinchlik muzokaralari maydoni sifatida taklif qildi
20:24 / 23.12.2025
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
18:22 / 23.12.2025
Tramp To‘qayevga Oq uyning «ramziy kaliti»ni sovg‘a qildi
17:17 / 23.12.2025