Qozoğistonda yölda qolib ketgan Özbekiston va Tojikiston fuqarolari qutqarildi. Bu haqda Qozoğiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugun, 11 fevral kuni tongda Qöstanay viloyatining 112-dispetçerlik xizmatiga yölovçilari bölgan mikroavtobus Adayevka qişloğidan 30 kilometr uzoqlikda töxtab qolgani haqida xabar kelib tuşgan. Transport vositasi nosozlik tufayli harakatini davom ettira olmagan.

Qozoğiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv xizmati xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borişgan. Jarayonda 24 kişi, jumladan 4 nafar bola eng yaqin isiniş joyiga evakuatsiya qilingan. Qutqarilganlar Özbekiston va Tojikiston fuqarolari bölgan.

Şuningdek, töxtab qolgan mikroavtobus ham aholi punktiga tortib borilgan. Qayd etilişiça, yölovçilar tibbiy yordamga muhtoj bölmagan.