Uning sözlariga köra, hatto 40 ming harbiyni yuboriş ham Yevropa uçun qiyin masala hisoblanadi. Naşr suhbatdoşining ta’kidlaşiça, bunça harbiy xizmatçi Rossiyani haqiqatda tutib qolişni ta’minlaş uçun yetarli emas.
London Qirollik kolleji harbiy tadqiqotlar professori Lourens Fridmanning hisoblaşiça, muntazam rotatsiyalar va favqulodda vaziyatlarda samarali işlaş uçun 100 mingdan ortiq tinçlikparvar kuçlar talab etiladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2025 yil yanvar oyida Davosta ötkazilgan iqtisodiy forumda çiqiş qilib, Rossiya—Ukraina uruşini hal qiliş uçun Yevropa kamida 200 ming kişilik tinçlikparvar kuçlarni yuborişi kerakligini aytgandi.
Keyinroq The Guardian’ga bergan intervyusida Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning tinçlik sulhi imzolanganidan keyin Ukrainaga joylaştirilişi mumkin bölgan Yevropa tinçlikparvar kuçlarini yaratiş taklifiga izoh berdi. Ukraina yetakçisining fikriça, bunday missiya u faqat katta kölamda taşkil etilsagina özini oqlaydi. «Agar u yerda 100-150 ming yevropalik harbiylar bölsa, unda ha. Ammo şunda ham bizdagi harbiy xizmatçilar soni Rossiya armiyasinikidan kam böladi», — degan edi Zelenskiy.
Şuningdek, Bloomberg uçun intervyuda Zelenskiy 200 ming raqami köproq majoziy ekani va kontingentning haqiqiy soni Rossiya talab qiladigan ukrain armiyasi miqdoriga boğliq bölişi kerakligini aytgan. «Agar biz uni [ukrain armiyasini] 200 mingga, 300 yoki 500 mingga qisqartirsak, qisqartirganimiz örniga boşqa qöşinlar kerakligini anglatadi», — degan Ukraina prezidenti.


















