Prokuratura departamenti xabar berishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va Urganch tumani IIB xodimlari hamkorligida “E-K” MChJga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va novvoyxona binosida o‘tkazilgan o‘rganishda aniqlangan.

MChJ mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 512,6 ming kub metr tabiiy gazdan o‘g‘rilik yo‘li bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,3 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.