O‘zgidromet xabariga ko‘ra, ushbu sanalarda yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi kutilmoqda.
Shu sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.








