Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: AQSh harbiy yordamisiz Kiyevning omon qolishi qiyin masala
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, AQSh yordamisiz Kiyev Rossiyaning navbatdagi yirik hujumiga duchor bo‘ladi.
Ukrainaning AQSh harbiy yordamisiz omon qolishi «juda, juda, juda qiyin» bo‘ladi — hozir ham, u Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinini qaytarishga harakat qilayotganida ham, kelajakda, urush tugaganidan keyin ham. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 fevral, shanba kuni NBC News telekanali o‘z saytida e’lon qilgan Meet the Press dasturiga bergan intervyusida shu haqda gapirdi. Suhbat xavfsizlik anjumani o‘tayotgan Myunxenda yozib olingan.
Zelenskiy boshlovchi Kristen Uelkerga: «Amerika ko‘magisiz Rossiya bilan jang qilish haqida o‘ylashni xohlamayman» dedi. «Biz (AQSh bilan) strategik sherik bo‘la olmaymiz deb o‘ylashni istamayman», — deya qo‘shimcha qildi u.
Zelenskiy: Putin o‘t ochishni to‘xtatish fonida ba’zi sanksiyalarni olib tashlashga erishmoqchi
Zelenskiy, agar Qo‘shma Shtatlar unga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etmasa, Kiyev kelajakda Rossiyaning navbatdagi yirik hujumiga duchor bo‘lishini aytdi. Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin muzokara stoliga urushni tugatish uchun emas, balki Rossiyaga qarshi ba’zi xalqaro sanksiyalarni bekor qiladigan va harbiy kuchlarining qayta to‘planishiga imkon beradigan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishmoqchi.
«U (Putin) haqiqatan ham shuni xohlaydi. U tanaffus qilishni, tayyorgarlik ko‘rishni, mashg‘ulotlarni o‘tkazishni, o‘t ochishni to‘xtatish fonida ba’zi sanksiyalarni olib tashlashni xohlaydi», — deya ishonch bildirdi Ukraina davlati rahbari.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
09:35 / 29.06.2026
Zelenskiy: Ukraina o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi
14:59 / 28.06.2026