Önlab rossiyalik milliarderlar sanksiyalarning olib taşlanişiga erişdi. Çeklovlardan qutulişga muvaffaq bölganlar Rossiya bilan barça aloqalarini uzgan, yaşaş joyini özgartirgan va Rossiyada biznes yuritmasligini isbotlagan.
RTVI naşrining yozişiça, milliarder Dmitriy Pumpyanskiy rafiqasi Galina va öğli Aleksandr bilan birgalikda sanksiyalardan xalos bölgan. Poygaçi Nikita Mazepin «Uralxim» kompaniyasiga egalik qiluvçi otasi Dmitriy Mazepin biznesiga aloqasi yöqligini isbotlagan.
Bir qança tadbirkorlar sud orqali sanksiyalarning bekor qilinişiga erişgan:
- Dmitriy Konov - «Sibur» kompaniyasining sobiq rahbari;
- Vladimir Raşevskiy - «Yevroxim» kompaniyasining sobiq rahbari;
- Sergey Mndoyans - «AFK Sistema» kompaniyasining sobiq top-menejeri;
- Aleksandr Şulgin - «Ozon» kompaniyasining sobiq rahbari.
Bundan taşqari, rossiyalik işbilarmonlarning ba’zi qarindoşlari ham muvaffaqiyatga erişgan:
- Pavel Yezubov - sanksiyalar ostidagi Oleg Deripaska amakivaççasi;
- Mayya Tokareva — sanksiyalar ostidagi «Transneft» rahbarining qizi;
- Violetta Prigojina - «ÇVK Vagner» asosçisi, marhum Yevgeniy Prigojinning onasi.
Bundan taşqari, 2023 yilda «Yandeks» sobiq rahbari, 2014 yildan beri Isroilda yaşab, uruşga qarşi oçiq bayonot bilan çiqqan Arkadiy Voloj sanksiyalar röyxatidan çiqarilgan.
Şuningdek, YeSN guruhi va RBK mediaxolding egasi Grigoriy Berezkin, «Nortgaz» sobiq egasi Farhod Ahmedov va milliarder Alişer Usmonovning singlisi Saodat Narziyevaga nisbatan çeklovlar olib taşlangan. Ayni vaqtda Usmonov va uning yana bir opasi Gulbahor Ismoilovaga nisbatan sanksiyalar kuçda qolmoqda.
Qayd etilişiça, Kanada ham ayrim rossiyaliklarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilgan. Şunday qilib, «Sberbank» raisining sobiq birinçi örinbosari Lev Xasis, uçta sobiq top-menejerlari: Natalya Alimova, Aleksandra Buriko va Sergey Malsev ham sanksiyalardan xalos bölgan.
Naşrning ta’kidlaşiça, har ikki arizaning biri sud tomonidan qanoatlantirilgan.

















