Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon-Buxoro yölida bir neçta yirik daraxtning ağdarilib yotgani aks etgan video tarqaldi. Videodan körinişiça, aholi daraxtlar köçirilayotganidan norozi. Holat böyiça şahar aholisidan Kun.uz’ga ham norozilik murojaati kelgan. Unda yöl böyidagi daraxtlarni joyida qoldiriş söralgan. “Kesilgan daraxtlar yonidan ötayotganimizda yonimizda sayyohlar ham bor edi. Ular bu holdan şokka tuşişdi. Buxoroda özi daraxt deyarli yöq. Borini ham yöq qilişyapti. Bu yerda yaşovçilarning aytişiça, yöl qatnov qismini kengaytiriş maqsadida daraxtlar olib taşlanayotgan ekan. Iltimos, daraxtlarni yöq qilişmasin”, – deyiladi murojaatda.

Holat böyiça Ekologiya boşqarmasi rasmiy munosabat bildirgan. Unga köra, A-380 "Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beynau" avtomobil yölining 218-228 km (20 km) qismi ta’mirga tuşgan. “Hududdagi 1824 tup mevali hamda manzarali daraxtlar qonunçilik talablari asosida xoli hududlarga köçirib ötqazilmoqda. Uşbu jarayon Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-sonli qarori 5-bob 33-bandiga muvofiq amalga oşirilayotganini ma’lum qilamiz”, – deyilgan munosabatda.

Ma’lum bölişiça, 1824 tup daraxtning 151 tupi Boqiy Buxoro majmuasi va Yangi Özbekiston boğiga köçirib ötqazilgan va qolgan daraxtlar ham xoli hududlarga köçiriladi.

Holat böyiça Kun.uz muxbiri viloyat Ekologiya boşqarmasi matbuot xizmati Marjona Şukurova bilan boğlandi. Unga köra, videoda köringan daraxtlar 15-17 yillik. Şukurova köçiriş davom etayotganini aytdi. Biroq qolgan daraxtlar qayerga köçiriladi, ularni köçirayotgan kompaniya daraxt köçirib ötqaziş böyiça qança tajribaga ega, daraxtlarning keyingi taqdiri qanday böladi kabi savollarni oçiq qoldirdi.

Eslatib ötamiz, 2024 yilning may oyida Toşkentning Sayilgoh köçasidagi 30-70 yoşli daraxtlar Qibray tumaniga ruxsatsiz köçirilgani haqida Kun.uz material e’lon qilgan edi. Voqeadan 9 kun ötib prokuratura 53 tup köp yillik daraxtlar noqonuniy ravişda köçirib ketilganini nihoyat tasdiqlab, jinoyat işi oçgandi.