Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada ayol oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun ishga har kuni samolyotda qatnayapti
Bu yo‘l bilan ayol mablag‘ tejashga ham muvaffaq bo‘ldi.
Malayziyaning AirAsia aviakompaniyasida menejer yordamchisi bo‘lib ishlaydigan Rashil Kaur har kuni ofisiga samolyotda borib qaytadi. Gap shundaki, ayol oilasi bilan Penangda istiqomat qiladi, ishi esa Sepangda joylashgan. Bu ikki shahar orasidagi masofa taxminan 400 kilometrni tashkil etadi.
Kaurning kuni tonggi soat to‘rtdan boshlanadi, keyin u aeroportga yo‘l oladi va soat sakkizda ishda bo‘lish uchun qo‘shni shaharga uchadi. Bir tomonga parvoz taxminan 40 daqiqa davom etadi. Ishdan keyin ayol kechki reys bilan uyiga qaytadi.
Kaurning aytishicha, u farzandlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish maqsadida har kuni ishga samolyotda borishga qaror qilgan. Ilgari u ofisi yaqinida ijaraga uy olib yashagan va oilasi bilan faqat dam olish kunlari ko‘rishgan.
“Har kuni ertalab soat to‘rtda turish odamni charchatadi. Biroq uyga qaytib, bolalarimni ko‘rganimda charchoq o‘z-o‘zidan yo‘qoladi”, — deb ta’kidladi Kaur.
Ayol 2024 yilning yanvar oyidan boshlab ishga uchib borishni boshlagan. Shu vaqt mobaynida u hatto mablag‘ tejashga muvaffaq bo‘ldi. Uning aytishicha, kvartirada yashagan paytlari oylik xarajatlari 474 dollar bo‘lgan, endi bu 316 dollarga tushgan.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
23:00 / 10.06.2026