Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Misrdan ekstraditsiya qilindi
U Misr hududida bir muddat talabalik maqomida yashirinib yurgan va yanvar oyida Interpol xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi, deb xabar beradi «Dunyo» agentligi.
Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan o‘g‘irlik va katta miqdorda tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlik uchun xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi T.X.M. Misrda ekani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ushbu shaxs Misr hududida bir muddat talabalik maqomida yashirinib yurgan. 2025 yil yanvar oyida Interpolning Qohira shahridagi ofisi va Misr huquqni muhofaza qilish idoralari bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.
Avvalroq Oqtov shahri hokimining xalqaro qidiruvga berilgan sobiq o‘rinbosari O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan vaqtida qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Hokim o‘rinbosari o‘z yurtida firibgarlik va pora berishga undashda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026