Şu kunlarda YouTube-kanallarda, maşinada ketayotib radioni yoqqaningizda yoki televizorda futbol kanalini qidirayotib, yangiliklar dasturiga tuşib qolganingizda Myunxen konferensiyasi degan sözga tez-tez duç kelayotgan bölsangiz kerak. Odatda yangiliklarda bu konferensiya haqida nomigagina xabar berib ketişadi. Lekin işoning, bu juda jiddiy siyosiy maşvarat.
Kinolarda massonlar har xil qoyatoşlar içidagi maxfiy qal’alarda yiğilib, dunyo tartibotidagi özgarişlarni belgilab berganini körgan bölsangiz kerak. Myunxen konferensiyasida ham şunaqa böladi demoqçi emasman, lekin bu yiğilişlarda dunyo siyosatini yaqin kelajakda nimalar kutayotganiga işora qiladigan bayonotlar beriladi.
YouTube-kanalimizda yuklangan navbatdagi videomizni oxirigaça tomoşa qilsangiz, Myunxen konferensiyasi nimasi bilan ahamiyatli ekani, bu yilgi konferensiyada qanday jiddiy masalalar muhokama qilinganini bilib olasiz. Iltimos, videoga like bosing, körib bölgaç, izohlarda fikringizni qoldiring. Şu orqali kanalimiz rivojlanişiga yordam bergan bölasiz.
Putinning tarixiy çiqişi
Avvalo Myunxen konferensiyasi dunyo siyosati uçun qançalik ahamiyatli ekaniga töxtalsak. Bu uçun konferensiya yaratiliş tarixi-yu, unga asos solganlar haqida uzundan uzun va’z öqiş şart emas, konferensiya tarixidagi eng maşhur nutqni misol qilsak kifoya.
Demak, 2007 yil 10 fevral. Myunxendagi konferensiya minbariga Rossiya ikkinçi prezidenti, öşa vaqtdagi mamlakat konstitutsiyasiga köra oxirgi muddatida işlayotgan Vladimir Putin taklif qilinadi. «Umid qilaman, mening nutqim vaqtida ana u qizil tugmani bosib, mikrofonni öçirib qöyişmaydi», deb boşlaydi nutqini Putin. Keyin Rossiya prezidenti şunday narsalarni gapiradiki, Angela Merkel boşçilik yevropaliklar oğzini oçib qoladi. Putin ilk marta xalqaro minbarda turib aynan Myunxen konferensiyasida dunyo bir qutbli modeldan voz keçişi kerakligini tantanavor e’lon qiladi. Ya’ni yevropaliklarga hammang Amerika çizgan çiziqdan çiqmayapsan, deydi qoğozga örab. Şuningdek, NATOning kengayişi insoniyatga faqat xavf olib kelişini aytadi.
Putin nutqi davomida heç bir davlatni oçiqçasiga falon işni qilding, deb ayblamaydi, lekin uning sözlaridan keyin amerikalik siyosatçilar bir xulosaga kelişadi: sovuq uruş tiklandi. Köpçilik siyosatçilar Putinning öşa nutqi Ğarb va Rossiya örtasidagi duşmanlikning boşlanişi deb hisoblaydi. Putin gaplari yillar davomida örganiladi, unga Myunxen nutqi deb nom ham berişadi. Va hozir dunyoda sodir bölayotgan voqealar öşa nutqdan keyin kelingan xulosalar töğri bölganini körsatib turibdi.











