Kristofer Duggan Kanadaning Özbekistondagi yangi elçisi etib tayinlandi. Bu haqda taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, bugun, 18 fevral kuni TIV rahbari Kanadaning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisi Kristofer Duggandan işonç yorliqlarini qabul qilgan.

«Hozirda Özbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari faol taşqi siyosat olib bormoqda. Mintaqamizning global roli ham kengayib bormoqda. Biz Özbekiston—Kanada aloqalarida hali röyobga çiqmagan katta salohiyat körmoqdamiz. Janob elçiga faoliyati davomida mamlakatlarimiz örtasida mavjud köpriklarni mustahkamlaş va yangilarini barpo etişda muvaffaqiyatlar tilaymiz», — deb yozadi Baxtiyor Saidov özining Telegramʼdagi kanaliga.

Eslatib ötamiz, mamlakatning Özbekistondagi avvalgi elçisi Alan Hemson edi. U 2023 yil oktyabr oyida missiyasini yakunlagan Elison Lekler örnini egallagandi.

Şuningdek, taşqi işlar vaziri Ispaniyaning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisi Rikardo Martines Vaskesdan ham işonç yorliqlarini qabul qilib oldi.

«Mamlakatlarimiz örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi yuqoriga qarab ketayotganligi yaqqol namoyon bölmoqda. Ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari birgalikda hayotga tatbiq etişi lozim bölgan ulkan imkoniyatlarni alohida e’tirof etdik», — deydi Saidov.