«U yerda (Ukrainada) qöşinlar joylaştirilsa yaxşi bölardi, men bunga qarşi emasman», — dedi Tramp. Şu bilan birga, u Amerika tinçlikparvar kuçlari haqida gapirmayotganini tuşuntirdi, çunki «biz uzoqdamiz». Ammo agar Yevropa davlatlari buni qilişni xohlasa, «bu ajoyib bölardi», dedi Tramp.
Ukrainaga tinçlikparvar kuçlarni yuboriş ğoyasi Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan bir neça bor ilgari surilgan, ammo Yevropa Ittifoqi mamlakatlari örtasida bu masala böyiça hali kelişuv mavjud emas. Şu bilan birga, Moskva ehtimoliy öt oçişni töxtatişdan söng Ukrainada Ğarb davlatlaridan tinçlikparvar kuçlarning bölişiga qarşi va buni «qabul qilib bölmaydi» deb atadi.


















