Yevropa davlatlari AQŞ Yevropadan harbiy xizmatçilar va harbiy texnikani olib çiqib ketişi, şuningdek, Ukraina va umuman Yevropa xavfsizligining asosiy kafili rolidan voz keçişi mumkinligidan xavotirda.

Financial Times maqolasida aytilişiça, Yevropa davlatlari oldida bir neçta ustuvor vazifalar turibdi: mudofaa xarajatlarini oşiriş, havo hujumidan mudofaani kuçaytiriş, hozirda AQŞ tomonidan taqdim etilayotgan logistika uskunalari va boşqa yordamçi texnikani almaştiriş, şuningdek, Yevropa qöşinlarining jangovar tayyorgarligini oşiriş va samarali yadroviy tiyib turişni qöllab-quvvatlaş.

Sönggi kunlarda Yevropada qayta qurollaniş böyiça munozaralar keskin faollaşdi. Financial Times ma’lumotlariga köra, rasmiylar milliy harbiy budjetlarni qanday oşiriş va qöşma mudofaa loyihalarini ta’minlaş uçun yangi moliyaviy mexanizmlarni topişni muhokama qilmoqda.

Bunday loyihalar orasida jurnalistlar umumevropa havo hujumidan mudofaa qalqoni va transport tizimlari, jumladan, hozirda AQŞ tomonidan taqdim etilayotgan samolyotlarni keltirişadi. Bundan taşqari, NATO vakillarining sözlariga köra, Yevropada uzoq masofali qurollar uçun öq-dorilar yetişmayapti.

Agar Yevropa kerakli resurslarni topa olsa, bu «öyin qoidalarini sezilarli darajada özgartiriş» böladi, deydi NATO boş kotibining mudofaa investitsiyalari böyiça sobiq yordamçisi Kamil Grand. Bunday holda, Yevropa AQŞ yordamisiz deyarli barça harbiy vazifalarni bajarişi mumkin bölardi.

«Ular [AQŞ]ni bejiz almaştirib bölmaydigan ittifoqçi deb ataşmaydi, — dedi naşrga Yevropa davlatlaridan birining taşqi işlar vaziri. — Ularsiz biz heç qanday murakkab harbiy amaliyotlarni ötkaza olmaymiz, hatto oddiy vazifalarni ham hal qila olmaymiz».

Yevropa rasmiylarini xavotirga solayotgan savollardan biri — AQŞ öz harbiylarini Yevropadan qisman yoki töliq olib çiqib ketsa, nima qiliş kerak? Hozir Yevropaning bir qança mamlakatlarida AQŞning 90 ming harbiysi joylaştirilgan. Xususan, Financial Times bilan suhbatlaşgan rasmiylar va tahlilçilar Tramp 2022 yilda Rossiya-Ukraina uruşi boşlanganidan keyin AQŞ Polşa, Ruminiya, Latviya, Litva va Estoniyaga yuborgan 20 ming amerikalik askarni olib çiqib ketişidan xavotirda.

Tramp Ukraina böyiça ehtimoliy tinçlik kelişuvi doirasida AQŞning barça qöşinlarini Yevropadan olib çiqib ketmoqçi emasligini aytgandi. «Heç kim buni söramayapti, şuning uçun biz buni qilişimiz kerak deb öylamayman. Men bunday qilişni istamasdim. Ammo bu masala heç qaçon kötarilmagan», —  dedi AQŞ prezidenti 18 fevral kuni Floridadagi Mar-a-Lagodagi qarorgohida jurnalistlar oldida çiqiş qilarkan.