2022 yil fevralida Rossiya va Ukraina örtasida keng kölamli uruş boşlanganida, Marko Rubio Floridadan saylangan senator va Senatning razvedka böyiça qömitasi raisi örinbosari edi. U öşanda juda keskin bayonotlar bergandi: AQŞ Ukrainani bor kuçi bilan qöllab-quvvatlaşi şartligini ta’kidlagan, Vladimir Putinni yolğonçi va harbiy jinoyatçi deb atagan, u bilan muzokaralar olib borişga uringanlarni masxara qilgandi. Uç yil ötgaç, Rubio AQŞ davlat kotibi böldi va uning ritorikasi özgardi.

2022 yil 24 fevral
↓
Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlangandi.

2022 yil 25 fevral
↓

Şunday gap ommalaşdi: «Agar biz Ukrainani NATOga qabul qilmaslikka rozi bölganimizda, bularning barçasidan qoçiş mumkin edi». Bu umuman unday emas. Putin öz şartlarini e’lon qildi. Va bu şartlardan biri — 1997 yildan keyingi davrda NATOga a’zo bölgan barça davlatlar undan çiqişi kerak. Yoki heç bölmaganda, NATO qöşinlari 1997 yildan keyin alyansga qöşilgan barça mamlakatlarni tark etişi kerak. Bu Ruminiya, bu Litva, Boltiqböyidagi barça mamlakatlar. Bundan uning istaklari tuşunarli: balki bu mamlakatlarni töğridan töğri boşqarmas, lekin ular Belarusga öxşaş bölişi — uning ta’sir doirasida bölişi kerak. Öylaymanki, bunday bölmaydi, deb qat’iy aytişimiz kerak.

Fox News telekanaliga intervyudan

2022 yil 26 fevral
↓

Köproq ma’lumot berişni istardim, lekin hozirça faqat şuni ayta olaman: Putinda nimadir notöğri ekani köpçilikka ayon. U doimo qotil bölgan, ammo hozir uning muammosi boşqa — va muhim. Putin beş yil oldin qanday reaksiya körsatgan bölsa, hozir ham şunday böladi, deb öylaş xato bölardi.

Tvitterdagi post

2022 yil 2 mart
↓

Putin uçun «muzokaralar» — uning arsenalidagi yana bir quroldir. U ulardan öz raqibiga zarar yetkaziş va özining holatini yaxşilaş uçun foydalanadi.