Germaniyada bundestag (parlament) saylovlari uçun barça ovoz beriş uçastkalari oçildi, deb xabar beradi Associated Press.
Qayd etilişiça, ovoz beriş jarayonlari mahalliy vaqt bilan soat 18:00 ga qadar davom etadi. Şundan keyin darhol ekzit-pollar natijasi paydo bölişi kutilmoqda. Germaniya fuqarolari, şuningdek, poçta orqali ham ovoz berişlari mumkin böladi.
Agentlikning ta’kidlaşiça, Yevropaning AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatini Ukraina inqirozi, qit’ada xavfsizlikni ta’minlaş muammolariga nisbatan siyosatiga javobi uşbu saylovlar natijasiga boğliq.
Germaniya saylov tizimiga köra, kamdan kam hollarda biror-bir partiya mutlaq ustunlik bilan ğalabaga erişadi; aftidan, kelayotgan haftada ikki yoki undan ortiq partiya hukmron koalitsiyani şakllantiradi. Jamoatçilik örtasida ötkazilgan sörovlar ham şu kabi natijani körsatgan — biror-bir partiya fuqarolar orasida alohida maşhurlikka ega emas.
Jamoatçilik fikrini örganiş maqsadida ötkazilgan sörovlarda Fridrix Mersning Xristian-demokratik ittifoq va Xristian-sotsial ittifoq konservativ bloki yetakçilik qilgan, undan keyingi örinlari Alisa Vaydelning «Germaniya uçun muqobil» hamda kansler Olaf Şols a’zosi bölgan Germaniya sotsial-demokratlar partiyasi egallagan.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabr oxirlarida Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer mamlakat parlamentini (bundestag) tarqatib yuborib, 2025 yil 23 fevral kuni muddatidan oldin parlament saylovlari ötkazilişini belgilagandi. «Hozirgidek murakkab davrda barqarorlikni ta’minlaş uçun salohiyatli hukumat va parlamentda işonçli köpçilik talab etiladi», — degandi u.












