Oliy Rada Zelenskiy vakolatlarini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qilolmadi
Rezolyutsiyada prezident Vladimir Zelenskiyning vakolatlari harbiy holat oxirigacha davom etishi kerakligi nazarda tutilgan edi. Ammo tashabbus yetarli ovoz to‘plamadi.

Foto: president.gov.ua
Ukraina Oliy Radasi «Rossiya agressiyasi sharoitida Ukrainada demokratiyani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi rezolyutsiyani qabul qilolmadi, unda prezident Vladimir Zelenskiyning vakolatlari harbiy holat oxirigacha davom etishi kerakligi nazarda tutilgan edi.
Rada ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, ovoz berishda 272 deputat qatnashgan, ulardan 54 nafari ovoz bermagan. Qarorni 218 deputat qo‘llab-quvvatladi. Rezolyutsiya tasdiqlanishi uchun kamida 226 ovoz kerak edi.
«Gromadske» nashrining deputat Yaroslav Jyeleznyakka tayanib yozishicha, rezolyutsiyada «Ukraina qonunlarida nazarda tutilgan hokimiyatning institutsional uzluksizligi tamoyiliga amal qilish, ayniqsa, harbiy holat huquqiy rejimi kontekstida» haqida so‘z boradi. Hujjatda ta’kidlanishicha, Zelenskiy «Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Ukraina Konstitutsiyasiga muvofiq o‘z vakolatlarini bajargunga qadar o‘z vakolatlarini amalga oshirishi kerak». Shuningdek, rezolyutsiyada Oliy Rada va Zelenskiy «butun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan xalqaro kuzatuvchilar taklifi bilan erkin, shaffof, demokratik saylovlarda saylangani» qayd etilgan.
«Agar harbiy holat davrida prezident saylovi tashkil etilsa va o‘tkazilsa, saylov qonunchiligining barcha milliy va xalqaro tamoyillariga rioya etilmaydi, bu esa bunday saylovlarni 2024 yil mart oyida Rossiyada tashkil etilgan Vladimir Putinning qayta tayinlanishi kabi farsga aylantiradi. <...> Ukraina Oliy Radasi xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinadigan xalqaro kuzatuvchilar taklifi bilan Ukrainada erkin, oshkora va demokratik saylov tashkil etishning imkoni yo‘qligi uchun javobgarlik aynan Vladimir Putin zimmasida ekanini ta’kidlaydi. Ukraina Oliy Radasi Rossiyaning bosqini sharoitida Ukrainada joriy etilgan harbiy holat saylovni Ukraina Konstitutsiyasiga muvofiq o‘tkazishga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Ukraina xalqi bunday saylov urush tugaganidan keyin o‘tkazilishi kerakligida hamjihatdir», deb rezolyutsiyadan iqtibos keltirdi «Ukrainska pravda».
Bundan tashqari, rezolyutsiyada Ukrainada saylov mamlakat hududida «har tomonlama, adolatli va barqaror tinchlik ta’minlanganidan» keyin e’lon qilinishi qayd etilgan.
18 fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Zelenskiyni keng ko‘lamli Rossiya-Ukraina urushi boshlanishida ayblab, tanqid qildi va Ukrainada yangi prezidentlik saylovini o‘tkazishga chaqirdi.
Bunga javoban Zelenskiy Trampning o‘z ishonch reytingini 4 foizga baholagani haqidagi so‘zlari Rossiyadan olingan ma’lumotlarga asoslanganini aytdi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

00:47
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi

23:09 / 17.04.2025
Rossiya bosqinni faollashtirdi, Tramp jamoasida qutblanish – tahlilchilar nima deydi?

14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi

10:19 / 17.04.2025