Yevropa Ittifoqi Ukrainada uruş boşlanganining uç yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarşi 16-sanksiya paketini qabul qildi. Bu haqda YeI kengaşining press-relizida aytiladi.
48 nafar jismoniy va 35 nafar yuridik şaxsga nisbatan çeklov çoralari qöllangan. Qayd etilganidek, ular Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvçi yoki tahdid soluvçi harakatlar uçun javobgardir.
Sanksiyalar röyxatiga Özbekistonning Uzstanex kompaniyasi ham kiritildi.
Uzstanex kompaniyasi StanexGroup holdingi tarkibiga kiradi. Kompaniya Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistonda uskunalarni sotadi va sozlaydi.
Korxonalar va taşkilotlarning yagona davlat registriga köra, Uzstanex 2018 yil iyul oyida röyxatdan ötgan. Amalga oşiradigan faoliyat turi – mexanik dastgohlarning ulgurji savdosi. Ustav fondi 65 mln söm. Yagona ta’sisçisi – Abramov Vasiliy Vitaleviç, direktori – Boytsov Dmitriy Aleksandroviç. Kompaniya Toşkent şahri Yaşnobod tumanida joylaşgan.
2024 yil oktabr oyida AQŞ Moliya vazirligi ham Uzstanex kompaniyasiga nisbatan sanksiya kiritgan edi. Departament qarorida ta’kidlanişiça, kompaniya «Rossiyaga qarşi sanksiyalarni çetlab ötişda iştirok etgan», jumladan, Uzstanex tomonidan xarid qilingan dastgohlar Xitoyda joylaşgan kompaniyalar orqali Rossiyaga yetkazib berilgan.
2024 yil noyabr oyida Buyuk Britaniya ham Uzstanex kompaniyasiga sanksiyalar joriy qildi.
Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duçor bölgan kompaniyalar quyidagi çeklovlarga duç kelişi mumkin: aktivlarning muzlatilişi, moliyaviy xizmatlarga kirişning çeklanişi, savdoning taqiqlanişi, hamkorlikning çeklanişi, texnologiyalarga kirişning çeklanişi, transport va logistika çeklovlari va boşqalar.













