O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari birinchi marta uch tomonlama sammit o‘tkazadi
Sammit 31 mart kuni Xo‘jandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. U mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadamga aylanishi kutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari ishtirokida ilk bor uch tomonlama sammit bo‘lib o‘tadi. Bu haqda qirg‘iz hukumati rahbarining o‘rinbosari Edil Baysalov Jyenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 58-sessiyasi ishida ma’lum qildi.
«U [Baysalov] 31 mart kuni Xo‘jandda tarixda birinchi marta Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlarining uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tishini e’lon qildi», — deyiladi Qirg‘iziston hukumatining matbuot xizmati xabarida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sammit mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadamga aylanadi.
Uchrashuv Bishkek va Dushanbe o‘rtasidagi chegara muammosi yechimi fonida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari 21 fevral kuni Bishkekda umumiy chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvni imzolagandi. Hujjatlarni endi ikki mamlakat rahbarlari imzolashi kerak. «Biz chegaraning butun cho‘ziqligi bo‘yicha kelishuvni uzil-kesil yakunladik», — deya ta’kidlagan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev.
Shuningdek, Qirg‘iziston O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegarada transport nazoratini kuchaytirishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tatariston O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga jalb etmoqchi
O‘zbekiston | 07:50
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
Mavzuga oid

10:36 / 07.02.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

16:52 / 14.01.2025
“Yashil” taraqqiyot O‘zbekistonda umummilliy harakat darajasiga ko‘tarildi – Mirziyoyev

17:01 / 08.11.2024
Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bayrog‘i qabul qilindi

17:21 / 06.11.2024