Yevropa Ittifoqi kengaşi Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 16-paketini qabul qildi. Bu haqda YeI kengaşi saytida söz boradi.
Qayd etilişiça, «Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvçi yoki tahdid soluvçi harakatlar uçun mas’ul bölgan» 48 nafar jismoniy şaxs va 35 nafar yuridik şaxs sanksiyalar röyxatiga kiritilgan.
Şuningdek, Yevroittifoq Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibiga kiruvçi 74 ta kemaga qarşi çeklovlar joriy etdi.
Bundan taşqari, YeI Rossiyaning 13 ta bankini SWIFT xalqaro bank tizimidan uzib qöyişga qaror qildi. Press-relizda ularning röyxati keltirilmagan. «YeI birinçi marta RF Markaziy banki moliyaviy xabarlarni uzatiş tizimidan foydalanadigan Rossiyadan taşqarida taşkil etilgan kredit va moliya institutlari tranzaksiyalariga taqiq joriy etdi», — deyiladi xabarda.
Rossiyaga tegişli sakkizta OAV Yevroittifoqda faoliyat yuritiş litsenziyasidan mahrum qilinadi. Ular orasida Lenta.ru va «Zvezda» telekanali ham bor. YeI versiyasiga köra, ular «Rossiyaning Ukrainaga qarşi bosqinini tarğib qiliş va qöllab-quvvatlaş, şuningdek, unga qöşni davlatlar, YeI va unga a’zo mamlakatlarda vaziyatni beqarorlaştirişda muhim rol öynagan».
YeI, şuningdek, «Rossiya mudofaa sanoat majmuasining texnologik rivojlanişiga kömaklaşadigan» taqiqlangan tovarlar röyxatini kengaytirdi. Xususan, harbiy sanoat salohiyatini oşirişga hissa qöşadigan tovarlar (kimyoviy moddalar, ba’zi plastmassalar va kauçuk) eksportiga va ularning Rossiya orqali tranzitiga qöşimça çeklovlar, şuningdek, Rossiya uçun sezilarli daromad keltiradigan birlamçi alyuminiy importiga qöşimça çeklovlar joriy etildi.
Bundan taşqari, «uçuvçisiz uçiş apparatlarida foydalaniladigan kontrollerlar» ham taqiqlandi, avvalroq bu öyin pristavkalariga ham tegişli ekani aytilgandi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning aytişiça, ular yordamida dronlarni boşqariş mumkin.
Çeklovlar, şuningdek, tovar va texnologiyalar eksportiga, jumladan, «neft va gaz konlar razvedkasida foydalaniladigan» dasturiy ta’minotlarga ham joriy etildi.
Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi 15-sanksiyalar paketi 2024 yil 15 dekabrda qabul qilingan edi. Öşanda 54 ta jismoniy va 30 ta yuridik şaxs, xususan, Rossiyaning «soyadagi floti»ga aloqador mudofaa korxonalari hamda kemasozlik kompaniyalari çeklovlarga uçragan edi.

















