Foydali qazilmalar böyiça kelişuv tuziş böyiça muzokaralar boşlanganidan beri Vaşington Kiyevga bitimning uçta variantini taklif qildi: «yomon», «[taklif etilganlardan] eng yaxşisi», şuningdek, «halokatli», deyiladi The Economist jurnali maqolasida. Naşr kelişuvni «Ukraina rad eta olmaydigan taklif» deb atagan.

The Economist jurnalistlarining Ukrainadagi manbalariga köra, bitim ğoyasi Ukraina tomonida 2024 yil sentabr oyida paydo bölgan. Öşanda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kelajakda xavfsizlikni ta’minlaşda yordam beriş va NATOga taklif qiliş evaziga AQŞga foydali qazilmalarni qazib oliş huquqi berilişini taklif qilgandi. Ammo AQŞ prezidenti Donald Tramp bu ğoyaning oyoğini osmondan qilib, Vaşington allaqaçon Kiyevga körsatgan yordam evaziga kompensatsiya sifatida Ukraina resurslari va infratuzilmasini talab qilmoqda.

Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, muzokaralar boşlanganidan beri Ukraina rasmiylari AQŞdan bir-birining örniga kelgan uçta muzokaraçilar guruhi bilan uçraşgan, ularning har biri kelişuv böyiça öz versiyasini ilgari surgan.

Xususan, 12 fevral kuni AQŞ Moliya vazirligi rahbari Skott Bessent Zelenskiyga bitimning birinçi, «yomon» variantini taqdim etdi. Financial Times ma’lumotlariga köra, amerikalik vazir Ukraina prezidentidan «hozirning özida» tabiiy resurslar hisobidan AQŞga 500 milliard dollar tovon tölaş şarti bilan kelişuv imzolaşni talab qilgan. Naşr maqolasida aytilişiça, Zelenskiy Bessent bilan muzokaralar vaqtida «qattiq ğazablangan».

Kelişuvning ikkinçi varianti – «[taklif etilganlardan] eng yaxşisi»ni – Trampning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog va AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Ukraina tomoniga taqdim etgan. The Economist ma’lumotiga köra, birinçi versiya singari ikkinçisida ham AQŞ tomonidan qazib olingan resurslarni himoya qiliş bandidan taşqari, Ukrainaga mudofaa sohasida yordam beriş va’dalari yöq edi. Ammo, Ukraina hukumatidagi manbaning ta’kidlaşiça, ikkinçi versiyada «buni xayoliy qarzni tölaş sifatida körsatişga aniq uriniş bölmagan».

Ikkinçi variantga javoban Ukraina qarşi taklif bilan çiqqan, The Economist materialida uning mohiyati oçib berilmagan. Biroq, 20 fevral kuni Kiyev kelişuvning uçinçi, «halokatli» versiyasidan «hayratda qoladi», bu variant AQŞ savdo vaziri Hovard Latnik tomonidan işlab çiqilgan. «Ukrainaga avvalgi barça muzokaralarni unutiş va kiçik foyda evaziga resurslarni topşiriş fikriga könikiş kerakligi aytildi. Rozi böling yoki keting – va uruşda mağlub böling», – deb yozadi The Economist.