Janubiy Koreyaning lavozimidan çetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol Konstitutsiyaviy suddagi impiçment böyiça sud majlisida harbiy holat joriy qilgani uçun fuqarolardan uzr söradi.

U bu bilan «çalkaşlik va noqulaylik» keltirib çiqarganini tan oldi. Şu bilan birga, davlat rahbari «xalqni qurol bilan bostirişni» emas, balki siyosiy inqiroz haqida aholini xabardor qilişni xohlaganini ta’kidladi.

«Men minnatdorçilik tuyğulariga tölib-toşdim, lekin xalq menga bu vazifani işonib topşirgan bölsa ham, işlay olmayotganim uçun oğriq va qayğuni his qilyapman», dedi Yun Sok Yol sudda.

«Ammo 3 dekabrdagi harbiy holat avvalgi pretsedentlardan butunlay farq qiladi. Bu harbiy holat xalqni qurol bilan bostiriş uçun möljallanmagan. Bu xalqqa ogohlik qönğiroği edi», deb qöşimça qildi u.

25 fevral kuni Konstitutsiyaviy sudning yakuniy yiğilişi bölib ötdi, u parlamentning Yun Sok Yolga impiçment e’lon qiliş haqidagi qarorini ma’qullaşi yoki uni öz lavozimiga qayta tiklaşi kerak. Sud hukmi mart oyi örtalarida e’lon qilinişi kutilmoqda. Bahs çoğida himoya tomoni parlamentni nazorat qiluvçi muxolifat harakati prezidentni harbiy holat joriy etişga majbur qilganini ta’kidladi. Ayblov tomoni davlat rahbari öz qarori haqida parlamentni xabardor qilmagani bilan qonunni buzganini da’vo qilmoqda.

Yun Sok Yol 2024 yil 3 dekabrda harbiy holat e’lon qildi va bunda «Şimoliy koreyaparast» muxolifatning konstitutsiyaviy tuzumni buzişga urinişlariga yöl qöymaslik zarurligini sabab qilib körsatdi. Harbiy holat parlament unga qarşi ovoz bergaç, 6 soatdan keyin bekor qilindi. Yun Sok Yol isyonda ayblanib, tergov qilinmoqda.