Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudanda harbiy samolyot halokatga uchradi. 40 dan ortiq inson halok bo‘ldi
Halok bo‘lganlar orasida avvalroq Hartum armiyasi qo‘mondoni lavozimida xizmat qilgan general-mayor Bashir Ahmed ham bor.
Sudanning Omdurman shahrida harbiy samolyot halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat armiyasi bayonotiga tayanib, Al-Arabiya telekanali xabar berdi.
Samolyot Vadi-Seydna aviabazasi yaqinida halokatga uchragan. U turar joy binolari yaqinida qulagan bo‘lib, bir nechta inshootga shikast yetgan.
Associated Press’ning ma’lum qilishicha, «An» samolyotining (aniq modeli ko‘rsatilmagan) qulashi oqibatida 46 kishi halok bo‘lgan — ularning orasida harbiylar ham, oddiy fuqarolar ham bor.
Halokatning rasmiy sababi ma’lum qilinmadi, Reuters manbalariga ko‘ra, samolyot texnik sabablarga ko‘ra qulab tushgan. Halok bo‘lganlar orasida avvalroq Sudan poytaxti Hartum armiyasi qo‘mondoni lavozimida xizmat qilgan general-mayor Bashir Ahmed ham bor.
Sudanda 2023 yilda armiya va hukumatga qarshi kuchlar o‘rtasida fuqarolik urushi boshlangan. Avvaliga mojaro faqat Hartumning o‘zida yuz bergan, ammo keyinroq mamlakatning boshqa hududlariga ham tarqala boshlagan. BMTning 2024 yil apreldagi ma’lumotlariga ko‘ra, 8,5 milliondan ortiq sudanlik o‘z uylarini tark etgan, 9 mingdan ortiq fuqaro halok bo‘lgan, millionlab insonlar ocharchilik yoqasiga kelib qolgan.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026