Hamas harakati 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga uyuştirilgan yirik hujum paytida jangçilar tomonidan garovga olingan tört nafar isroillikning jasadini Qizil Xoçga topşirdi. Bu haqda 27 fevral, payşanbaga ötar keçasi Isroil xavfsizlik xizmatlariga tayanib, AP agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanişiça, jasadlar bölgan tobutlar "Kerem-Şalom" nazorat punktida Isroil Mudofaa kuçlari (TSAHAL)ga topşirilişi kerak. Isroil topşirilgan jasadlar kelişuvda tilga olingan garovga olinganlarniki ekanligiga işonç hosil qiliş uçun çegara yaqinida şaxsni aniqlaş jarayonini amalga oşiriş niyatida.
The Times of Israel internet-naşrining yozişiça, 69 yoşli Nir Oz kibbutsasida yaşagan Itsik Elgarat, 49 yoşli Tsaxi Idan, 85 yoşli Şlomo Mansur va yana bir sobiq garovga olingan şaxsning jasadlari Isroil tomoniga topşirilişi kerak. Naşrning yozişiça, Mansur terrorçilar tomonidan garovga olingan isroilliklarning eng keksasidir. U hujum kuni, 2023 yil 7 oktyabrda öldirilgan, deb hisoblangan, keyin uning jasadi Ğazo sektoriga olib ketilgan.
Ayni paytda, Isroil qamoqxonalaridan ozod etilişi kerak bölgan falastinlik mahbuslarni olib ketayotgan avtobus Ğarbiy Sohil markazidagi Falastin şahri Ramallohga yetib keldi, deb xabar bermoqda AFP. U yerda ularni falastinliklar kutib oldi.
Falastinlik mahbuslarni ozod qiliş keçiktirilgan
25 fevral kuni Hamas Isroil bilan garovga olingan tört kişining jasadini topşiriş böyiça kelişib olganini ma’lum qildi. Bu ma’lumotni öşa kuniyoq Isroil rasmiysi ham tasdiqladi.
Avvalroq, 23 fevral kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş kelişuvi doirasida 22 fevralga belgilangan 600 dan ortiq falastinlik mahbusni ozod qiliş, Hamas guruhi isroilliklarni garovga olganlarni topşiriş çoğida ötkazayotgan «tahqirlaş marosimlarini» töxtatmagunça keçiktirilişini ma’lum qilgandi.
22 fevral kuni Hamas yana olti nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qildi va öz tomonida kelişuvning birinçi bosqiçi yakunlanganini e’lon qildi. Isroil şu kuni 602 falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qilişi kerak edi. Keçqurun Hamas ularni ozod qiliş keçikayotgani haqida xabar berib, Isroilni öt oçişni töxtatiş kelişuvini «qöpol ravişda buzganlikda» aybladi.
2 martga qadar davom etadigan birinçi bosqiç doirasida jami 25 nafar isroillik ozod etilişi, sakkiz nafarining jasadi topşirilişi kerak.

















