Özbekistonda Xitoyning Temu marketpleysi faoliyati töxtatilişi mumkin. Bu haqda 27 fevral kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi elektron tijorat bölimi boşliği Kamronbek Muhammadiyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Spot.

2025 yilning 1 iyulidan Özbekistonda xalqaro platformalar uçun yangi qoidalar, jumladan, bildirişnomalar reyestri va elektron tijorat sub’yektlarining maxsus reyestri kuçga kiradi. 2024 yil 28 dekabrdan kuçga kirgan tartibga köra, elektron tijorat operatorlari sifatida faqat yuridik şaxslar – Özbekiston Respublikasi rezidentlari faoliyat yurita oladi.

Kamronbek Muhammadiyev Temu'ning xorijda yangi bozorlarga çiqiş uçun agressiv marketing strategiyasini qayd etgan. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lumotlariga köra, 2024 yilda Xitoy bozori marketing va narxlarni tuşiriş uçun 4 milliard dollar sarflagan, bu yil ularning xarajatlari 10 milliard dollarga yetişi mumkin.

“Biz ularning huquq va qonuniy tadbirkorlik manfaatlari himoyasini ta’minlaşga va Özbekiston bozoriga rasman kirib kelişiga yordam berişga tayyormiz, biroq ular murojaat qilişlari kerak. Temu tomonidan hali bunday [qiziqiş] bölmagan, ammo siljiş bor. Bungaça şartlar bajarilmasa, ularning faoliyati töxtatilişini, hatto bloklaş darajasida bölişini aytgan edik”, – dedi Muxammadiyev.

Spot muxbiri ehtimoliy blokirovka sanasi haqida söraganida agentlik elektron tijorat bölimi boşliği “bu tez orada böladi” deb javob bergan.

Öz navbatida, agentlik direktorining birinçi örinbosari Vyaçeslav Pak xorijiy marketpleyslarning “noqonuniy faoliyati” Özbekiston iqtisodiyotiga “zarar yetkazişi”ni ta’kidladi. Unga köra, mahalliy bozorga tovarlarni yetkazib berişda soliq va bojxona tölovlari tölanmaydi, yuk taşiş va tölov uçinçi tomon kompaniyalari tomonidan amalga oşirilmaydi, şuningdek, valutaning çiqib ketişi ham kuzatilmoqda. Birgina Temu sabab valutaning çiqib ketişi hajmi 2024 yilda 10 million dollardan oşgan.

“Yoki ular Özbekistonga kelib, şu yerda şu’ba korxonasini oçadi yoki soliq idoralaridan röyxatdan ötib, QQS tölovçiga aylanadi”, – deydi Pak.

Uning fikriça, respublikada xorijiy bozorlarning vakolatxonalari mavjud emasligi mahalliy iste’molçilarni nuqsonli tovarlarni qaytariş yoki şikoyat qiliş imkoniyatidan mahrum etadi.