Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmatidan davlat çegarasi ustidan nazoratni kuçaytirişni talab qildi. «Davlat çegarasini qöriqlaş böyiça jiddiy qöşimça çora-tadbirlar köriş kerak. Potensial xavfli hududlarda çegara ziçligini oşirişda davom etişimiz kerak», — dedi u 27 fevral, payşanba kuni FSB hay’atining kengaytirilgan yiğilişida sözlagan nutqida. Unga köra, mamlakatning çegaradoş rayonlari aholisining xavfsizligi ham ta’minlanişi kerak.
Rossiya Mudofaa vazirligi Kursk oblastida uçta qişloq egallanganini xabar qildi
Putinning Rossiya çegarasini mustahkamlaş haqidagi sözlari Rossiya armiyasining Ukraina Qurolli kuçlarini Kursk oblastidan deyarli yetti oydan beri çiqarib yuborişga urinişlari fonida yangragan. U 2024 yil 6 avgustda Rossiya oblasti hududiga kirib kelgan va hozirgaça Sudja rayon markazi va uning atrofidagi hududlarni öz nazorati ostida uşlab turibdi.
Ayni paytda Rossiya Mudofaa vazirligi ketma-ket ikkinçi kun rossiyalik qöşinlar Kursk oblastidagi aholi punktlarini egallab olgani haqida xabar bermoqda. Payşanba kuni u Şimoliy harbiy guruh bölinmalari Nikolskiy qişloğini nazoratga olganini ma’lum qildi. Bir kun avval Orlovka va Pogrebki qişloqlari egallangani xabar qilingan edi.
Pogrebkida rus qöşinlarining olğa siljişi Ukrainaning DeepState loyihasi tomonidan ham tan olingan. Qişloq uçun kuraş bir neça oy davom etdi. E’lon qilingan videotasvirlardan körinib turibdiki, Rossiya harbiylari qişloqning kamida markaziy qismini nazorat qilmoqda.

















