Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasida joylashgan “A.S.I.” MChJga tegishli binoda tabiiy gazdan foydalanish holati xatlovdan o‘tkazildi

“Hududgazta’minot” AJ xabar berishicha, o‘rganish jarayonida iste’molchi loyiha-texnik hujjatlarisiz, gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 6 mlrd 600 mln so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.